Serverlarni virtualizatsiya qilish yuqori darajada kengaytiriladigan, zamonaviy va ishonchli bulutli ma'lumotlar markazining asosini tashkil qiladi. Ushbu jarayon tarmoq, saqlash va boshqa infratuzilma uskunalari va qurilmalari uchun obyektdagi jismoniy serverlarni virtualizatsiya qilishni o'z ichiga oladi.
Virtualizatsiyaga o'tish bir xil jismoniy infratuzilmadan foydalangan holda bir nechta virtuallashtirilgan ma'lumotlar markazlarini joylashtirish imkonini beradi. Ushbu tizim bir vaqtning o'zida turli tashkilotlarning ilovalariga kirishni ta'minlaydi. Virtual serverlardan foydalanish orqali vaqt o'tishi bilan dasturiy ta'minot bilan belgilangan(software define) ma'lumotlar markazi arxitekturasiga o'tish mumkin. Bu tashkilot uchun kapitalni tejash va infratuzilma resurslaridan foydalanishni optimallashtirishni ta'minlaydi.