Axborot Texnologiyalari (AT), kundalik hayotning katta qismi raqamlashgan holga kelgani sari hayot tarzining ajralmas qismi bo'lib boryapti. Bugungi kunda ma'lumotni tartibli va aktiv holatda ushlab turadigan AT infratuzilmasi bo'lmasdan turib hayotimizni davom ettirishimiz deyarli imkonsiz holatga keldi.
Ish strategiyalari va Axborot Tizimlarining birlashmasi AT xizmatlari va infratuzilmasini shakllantirmoqda. Axborot Texnologiyalari samarali operatsiyalarni yuritishi uchun turli komponentlardan foydalanadi. Bular serverlar, saqlash tizimlari, zaxiralash tizimlari, murakkab apparatlar, tarmoq xizmatlari va resurslaridan iborat.
Server tizimi infratuzilmasi (SSA); Bu tez-tez ishlatiladigan server komponentlarini tavsiflash uchun yaratilgan tavsif. Server tizimlari maqsadlariga qarab turli xil xizmatlarni taqdim etadi; Fayl serveri, veb-server, dastur serveri, ma'lumotlar bazasi serveri, DNS serveri, virtual serverlar v.b. bulardan ba'zilaridir. Har kuni rivojlanayotgan va yangilanadigan texnologiyani qo'lga kiritish va kerakli Axborot tizimi infratuzilmasini yaratish uchun to'g'ri mahsulot tanlovi bilan loyihalarni amalga oshirish asosiy maqsad bo'lishi kerak.
Serverni virtualizatsiya qilish - bu protsessor, xotira va jismoniy apparatdagi saqlash maydoni kabi apparat elementlari resurslarini dasturiy ilova orqali bir nechta virtual serverlarga bo'lish jarayoni. Ular odatda virtual mashinalar (VM) deb ataladi. Har bir virtual mashina o'z operatsion tizimini boshqaradi. Hozirgi vaqtda server arxitekturalari virtualizatsiyasiz yaratilmaydi.
Virtualizatsiya
- Server va ma'lumot saqlash qurilmalaridan unumli va tejamkorona foydalanishga undaydi,
- Server bazalari ichida kengayish, hisobot berish, optimizatsiya, yuklarni muvozanatlash va moslashuvchanlik kabi xususlarda foyda beradi,
- Server xarajatlarining kamayishi, sovutish tizimlari va quvvat manbai tejalishi natijasida sezilarli miqdorda foyda keltiradi,
- Tizimdagi resurslardan yuqori darajada unumli foydalanishni va nazoratni olib boradi. Keraksiz resurslar ishlatilishiga yo'l qo'ymaydi.
- Server tartibsizligini kamaytiradi,
- Kerak bo'lganda server va saqlash resurslarini juda tez shakllantirishga yordam beradi,
- Dastur samaradorligini oshiradi,
- Serverlarni kuzatish va boshqarish qulayligini ta'minlaydi. Shunday qilib, ortiqcha ish kuchi sarflanishiga yo'l qo'ymaydi,
- Ish uzluksizligi borasida juda muhim rol o'ynaydi,
- Yuqori darajada moslashuvchanlik ta'minlagani bois ma'lumot markazlari uchun voz kechib bo'lmaydigan bir yangilikdir,